Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yirik biznes vakillari bilan uçraşib, koronavirus tarqalişining oldini olişda yordam söradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ukraina Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, mamlakatda COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan 5 nafar inson aniqlangan. 13 mart kuni ulardan biri vafot etgan.

«Yiğilişda davlat rahbari yirik biznes vakillari bilan Ukraina hududida COVID-19 koronavirusi tarqalişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni ötkazişda yordam körsatiş masalalarini muhokama qildi. Xususan, gap koronavirusni aniqlovçi testlarning yirik partiyasini, zarur tibbiy uskunalarni, himoya va dezinfeksiya vositalarini sotib oliş haqida bordi», - deyiladi xabarda.

«Biznes davlat uçun oğir bölgan vaziyatda ijtimoiy mas'uliyatni his qilişi lozim. Ukrainaliklar davlat şifoxonalariga murojaat qilişganida özini himoyalangandek his qilişlari şart. Men sizlardan yordam berişingizni sörayman», - deb Zelenskiy sözlarini keltirmoqda matbuot xizmati.

Uning  sözlariga köra, Ukrainadagi vaziyat öta jiddiy emas. «Biz bu davrdan ukrainaliklarning hayoti va soğliğini asragan holda ötib ketişga umidvormiz», - deb qöşimça qildi Zelenskiy.

Ta'kidlanişiça, biznesmenlar «davlat rahbarining taklifini qabul qilişdi va koronavirus tarqalişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni ötkazişda yordam körsatişga va'da berişdi».

Eslatib ötamiz, Ukraina Vazirlar Mahkamasi 14 mart kuni dunyodagi koronavirus bilan boğliq vaziyat tufayli, xorij fuqarolarining mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqlab, aviaqatnovlarni töxtatiş haqida topşiriq berdi. 17 mart kunidan boşlab, Ukraina çegarasi xorijliklar uçun 2 haftaga yopildi.