Özbekiston hukumati koronavirus tekşiruvlarini ötkaziş uçun Rossiya Federatsiyasidan 6000ta va AQŞdan 1500ta test apparatini sotib olişni reja qilmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatovga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar berdi.

«Kasallikni taşxislaş böyiça muammo yöq. Texnik imkoniyatlar yetarli. Barça tibbiyot xodimlari kasallik böyiça tayyorlovdan ötgan.

Biz hozirgaça Rossiyadan 3000ta, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan 1500ta va Xitoydan ham 1500 test sistemalarini sotib olganmiz. Ular hozir kun davomida işlatilmoqda.

Qolaversa, bugungi kunda qöşimça ravişda Rossiyadan 6000ta test sistemalari sotib olinyapti.

Şuningdek, biz AQŞning Kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş markazidan ham yana 1500ta apparatni şu kunlarda olib kelişni rejalaştiryapmiz», – dedi Almatov.

Uning qöşimça qilişiça, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining barça viloyatlardagi markazlarida virusologik laboratoriyalar bor.

«Har bir markazimizda PsR (polimeraznaya tsepnaya reaksiya) apparatimiz bor. Uşbu apparatlar koronavirus infeksiyasiga töğri diagnoz qöya oladi.

Markazlarimizdagi mutaxassislarimiz koronavirus böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötgan. Laboratoriyalarimiz esa kerakli test sistemalarimiz bilan ta'minlangan», – dedi agentlik direktori seşanba kuni matbuot anjumanida.