Toşkent şahrida öqiydigan köplab viloyatlik talabalarning uylariga qaytişi bilan boğliq muammolarni hal etiş böyiça viloyat hokimliklari tomonidan talabalar uçun bepul avtotransport xizmatlari taşkil qilinmoqda. Şu bois bugun, 18 mart kuni, Samarqand va Qaşqadaryo viloyat hokimliklari tomonidan Toşkent-Samarqand, Toşkent-Qaşqadaryo yönalişlarida bepul transport qatnovlari yölga qöyildi.

Xususan, Samarqand viloyat hokimligi tomonidan 6 ta avtobus va 70 ta yengil avtomaşinalar taşkil qilindi. Kun davomida 6 ta avtobus belgilangan soatlarda Samarqand tomon qatnovni amalga oşirdi. 300 nafarga yaqin talabalar öz manzillariga yetkazilişi közda tutilgan.

Qaşqadaryo viloyat hokimligi tomonidan taşkil etilgan avtokarvon aksiyasida esa Toşkent va Toşkent viloyatida öqiyotgan qaşqadaryolik talabalar uyiga bepul olib ketildi. Talabalar şaharçasidan 150 ga yaqin yengil avtomobil, 20 ga yaqin avtobus, 4 ta mikroavtobusda 1000 nafarga yaqin talabalar öz manzillariga kuzatildi.

Qaşqadaryo viloyatidan kelgan talabalarni öz manzillariga eltib qöyiş uçun Toşkentga kelgan avtokarvon “Yoşlik” talabalar şaharçasida töplangan bölsa, Samarqanddan kelgan talabalar “Toşkent” avtovokzalidan öz manzillariga jönab ketişdi.

Muhabbat Ma'mirova, Bekjon Jöraqulov – Kun.uz muxbirlari
Doniyor Yakubov, Nuriddin Nursaidov – Operatorlar