16-17 mart kunlari Buxoro viloyatidagi «Olot - Forob» çegara punkti orqali turkmanistonlik 21 talaba vataniga qaytdi. Ular asosan Buxoro viloyati dargohlarida ta'lim olişgan. Yotoqxonada yaşagan talabalarning ba'zilari darhol karantinga olingan, deb xabar bermoqda «Xroniki Turkmenistana».
Xorazm viloyatidagi «Şovot» çegara punkti 17 mart kunigaça oçiq bölgan va undan Doşöğiz viloyatida yaşovçi önlab talabalar Turkmanistonga qaytişga ulgurişgan. Umumiy hisobda Xorazm viloyatidagi dargohlarida 1100ga yaqin turkmanistonlik talaba ta'lim olmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra Özbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 18tani taşkil qiladi.













