«Azaldan xalqimiz tomonidan insonlarga şifo ulaşguvçilar qadrlanib kelingan. Negaki, salomatlik eng qutluğ ne'matdir. Ana şu uluğ ne'matni asraşdek şarafli kasbni tanlagan şifokorlarimizning zimmasida katta mas'uliyat bor. Şunday şarafli vazifani öz qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlarining har bir kuni qahramonlikdir.

Koronavirus infeksiyasi dunyoga tahdid solib turgan bir paytda, tibbiyot xodimlari zimmasidagi mas'uliyat yanada oşişi bilan birga, ular faoliyatining har kuni, kerak bölsa, har daqiqasi qahramonlik ekanligi yaqqol namoyon bölmoqda. Ayni vaziyatdan kelib çiqib, koronavirus infeksiyasiga çalingan yoki gumon qilinganlarga birinçi bölib, tibbiyot xodimlari röbaro‘ kelişadi. Öz kasbiga sodiq qolgan holda, bemorlarni tibbiy kuzatuvga olişib, zudlik bilan davolaş çoralarini körişmoqda.

Mana şunday fidoyilik va qahramonlikka dunyo xalqlari qatori, vatandoşlarimiz ham guvoh bölişmoqda va e'tirof etişmoqda. Keçadan buyon şifokorlarimiz tomonidan uyuştirilayotgan «Men siz uçun işda qoldim, siz men uçun uyda qoling!» çellenji aholining mehri va e'tirofiga sazovor böldi. Uşbu çellenjga köplab munosabatlar bildirilmoqda.

Jumladan: «Aslida har kim ham şifokor bölolmaydi, har kim ham mana şunday murakkab vaziyatda sadoqatini namoyon qilolmaydi. Lekin xonadonidan eng mas'uliyatli nuqta tomon yöl olayotganida, uni ming xavotir bilan kuzatib qöyayotgan rafiqasiga, turmuş örtoğiga, mehribon onasi, otasi, közlari möltirab turgan öğli yo qiziga: «Hali hammasi yaxşi böladi...», deya kulib taskin bergan, iş joyida mijja qoqmay xizmat qilayotgan şu şifokorlar çin fidoyi insonlardir. Ular haqiqiy qahramonlardir» kabi iliq munosabatlar şifokorlarning faoliyatiga haqiqiy bahodir.

Şu örinda aholi tomonidan bildirilayotgan e'tiroflar tibbiyot xodimlari uçun ulkan mukofotdir. Bundan taşqari, saxovatpeşa insonlar tomonidan aholi örtasida gigiyena vositalarining xayriya sifatida ulaşilayotgani, şuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalib ketişiga qarşi matonat bilan kuraşayotgan jonkuyar tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş taşabbuslari bilan çiqayotgani quvonarlidir. Bu azaldan yurtga kulfat kelganda xalqimizning bir yoqadan boş çiqarib, birlaşişga qodir ekanining yana bir yorqin dalilidir.

Eng muhimi, şifokorlarimizning tavsiyalariga qat'iy amal qilgan holda, imkon qadar köçaga çiqmasdan gigiyena qoidalariga amal qilsangiz tibbiyot xodimlariga eng katta kömakni bergan bölasiz. Birdamligimiz esa dunyoni larza solayotgan ofat ustidan ğolib bölişimizda hal qiluvçi rol öynaşi şubhasiz», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.