Özbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldan jismoniy şaxslar tomonidan xayriya taşkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortişdan ozod qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020 yil 1 apreldan amalga kiritişni nazarda tutuvçi “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegişli soliqlarni tölaş muddatlarini özgartiriş, şuningdek, ularning stavkalarini kamaytiriş töğrisida qarorlar qabul qiliş vakolati berilgan.

Xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita boğliq bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining qat'iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytiriş tavsiya qilindi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari xöjalik yurituvçi sub'yektlarga mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqni tölaş böyiça foizlarni undirmasdan 6 oyga keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) taqdim etsin. Bunda, körsatib ötilgan soliqlarni tölaşni keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) soliq tölovçilarning arizasi, şuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boşqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boşqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi.