Xöş nega aynan karantin?

Çunki virus köpçilik uçun u qadar xavfli emas, uni şamollaşga qarşi ma'lum dorilar vositasida davolaş mumkin. Uning tarqalişining oldini oliş uçun esa karantindan yaxşiroq çora yöq. Çunki hozirça virusga qarşi vaksina topilmagan.

Malayziyada virus tarqalişining oldini oliş uçun fuqarolar nima qilişi kerakligi haqida yöriqnoma tayyorlandi. Kun.uz uşbu yöriqnomani özbek tiliga ögirib, e'tiboringizga havola etadi.

Karantin çoralari: Qanday qilib koronavirus tarqalişi oldini oliş mumkin?

Karantin çoralari: Qanday qilib koronavirus tarqalişi oldini oliş mumkin? 👉 https://kun.uz/24182529

Posted by

Kun.uz

on Friday, March 20, 2020

Koronavirus tarqalişining oldini qanday oliş mumkin?

Odamlar 4 toifaga bölinadi. Keling, ularni şartli ravişda «A», «B», «C» va «D» deb belgilab olaylik.

«A» — u ilk virus taşuvçi. Bundaylarni topiş oson va davolaş ham mumkin.

«A» xorijdan uçib kelib, «S» bilan aloqa qiladi. «S» — oila a'zolari, döstlar, hamkasblar, qöşnilar, supermarketdagi kassirlar, kinoteatr xodimlari, yemak yetkazuvçilar va boşqalar bölişi mumkin.

«S»larning soni qança bölsa ham, biz ularning barçasini topa olamiz.

Bu holatda «S» karantinga olinadi va va tekşiriladi.

Biroq «A» köça-köyda, jamoat joylarida «C» bilan uçraşiş, gaplaşiş, körişiş asnosida öziga mutlaqo begona bölgan «V»ning oldidan ötişi va virus yuqtirişi mumkin.

Muammo şundaki, biz «V»ni topa olmaymiz. Heç kim, hatto «V»ning özi ham «V» kimligini bilmaydi!

Endi sahnaga «D»lar çiqadi. «D» mutlaqo kutilmaganda «B» bilan aloqa qilişi mumkin. Bu holda soğlom «D»  virus yuqtirgan «B» («B2»)ga aylanib qoladi.

Buning oldini oliş uçun «D» uyda ötirişi va taşqariga çiqmasligi juda muhim.

Bu usul bilan biz:

  • Karantin va davolaşni qöllab, «V» guruhini yaqindan bilişimiz;
  • «V2»lar hosil bölişini kamaytirişga erişişimiz;
  • Virus tarqalişini töxtatişimiz mumkin

Fuqarolarni qamal va karantinga solişdan asosiy maqsad — «V» guruhni topiş uçun vaqtdan yutiş!

Koronavirus infeksiyasining inkubatsiya davri asosan 2 haftani taşkil etadi. 2 hafta içida esa «V» guruhi alomatlari namoyon böladi.