Karantin, iloji bölsa, uydan taşqariga çiqmaslik haqidagi ogohlantirişlarga bee'tibor bölayotgan yurtdoşlarimiz köp – çoyxonalar, bozorlar gavjum, töylar bölib turibdi. Çunki köpçiligimiz uçun bu xavf hali ham ança uzoqdek tuyulayotgani tabiiy, axir virus qayerdadir aeroportda yoki çet eldan kelgan şaxslarning qarindoşlarida, yoki hokazo. Ya'ni bizga aloqasi yöq, bir umr qişloqdan yoki mahalladan çiqmagan Toşmat bilan körişib, virus yuqtirişga işoniş qiyin. Ammo aslida ham şundaymi?

Keling, buni tuşuniş uçun hamma odamlarni 4 toifaga bölib olamiz - A, B, C va D toifalarga.  

  • «A» toifa – koronavirus aniqlangan şaxs.
  • «S» toifa – «A» bilan bevosita muloqot qilgan va «A»ga taniş bölgan şaxslar. Ya'ni «A»ning oila a'zolari, döstlari, ovqatlangan joydagi kassir va hokazolar bölişi mumkin. 
  • «B» – toifa – u ham «A» (koronavirus bilan kasallangan şaxs) bilan muloqot qilgan, lekin bilmagan holda. Dökonlarda, jamoat joylarida, masjidlarda, bozorlarda, xullas, bilmagan holda «A»dan kasallik yuqtirib olişi mumkin.
  • «D» toifa – «A» bilan umuman aloqa qilmagan, yaqin kelmagan inson. Ya'ni, siz, biz, hammamiz, deylik. 

Endi, koronavirus yuqişining oldini oliş uçun nima qilinadi?

«A» – darhol davolaniş uçun yotqiziladi. 

«S» – darhol karantinga olinadi. Virus yuqqanmi yoki yöqmi tekşiriladi. «S»larni topiş oson, çunki «A» qayerlarga borganini, kimlar bilan körişganini aytişi mumkin. Şunga köra harakat qilinaveradi. Agar «S»dan ham virus çiqsa, u ham «A»ga aylangan böladi, demak uning ham «S»larini (tanişlarini) topib, karantinga oliş kerak.  

«B» – eng yomoni, biz bu odamlar kimligini bilmaymiz. Çunki «A» köçada, jamoat joylarida özi bilmagan holda kimlarga yuqtirgan bölişini heç kim bilmaydi. Hatto «V»ning özi ham, özi virus yuqtirgan bölişi mumkinligini bilmaydi. Çunki hatto barça «A»lar e'lon qilingan taqdirda ham, öşa odamlar bilan bir joyda röpara kelgan bölişi, yonidan ötganda yoki ayni buyum qöllanganda yuqqan bölişi mumkinligini bilmaydi. 

«D» – Yuqorida aytganimiz «B» toifa heç narsadan xabarsiz, köçada, jamoat joylarida, oila davrasida oddiy turmuş tarzida yaşab yuraveradi. Toki kasallik simptomlari (14 kunda) aniqlanmagunça. Bu davr içida, u boşqa insonlar bilan uçraşişi va ularga ham virus yuqtirişi mumkin. Endi, «D»lar ham «B» bilan uçraşib, ular ham «B»ga aylanib qolişadi.

Karantinning mazmuni şundan iboratki, «A» va «S»lar oson topilib, karantinga olindi, buni bilamiz xöp. Lekin «A» bilan özi bilmagan holda, tanimagan holda aloqa qilgan va virusni yuqtirgan bölişi mumkin «B»lar bor va ular karantinda emas. «B»lar «D»lar bilan körişib, ularni ham «B»ga aylantirişi va kundan-kunga «B»lar soni köpayib borişi turgan gap. Şuning uçun:

«D»lar, ya'ni biz, uyda ötirsak. Virus yuqtirganlar va ularning tanişlarining bizga aloqasi yöq, demasdan ehtiyot çoralarini körsak, «A» va «S»lar şundoq ham karantinda, demak endi faqat «B»larni topiş qoladi. 

«B»lar qanday topiladi? Öşa uyda ötirgan «D»lar içidan. 14 kun içida koronavirus simptomlari ma'lum böladi. U doktor çaqiradi. Analiz olinib, agar virus aniqlansa (u ham «A»ga aylanadi), davolanişga, oila a'zolari (yangi «S»lar) karantinga jönatiladi. Şu paytgaça u uyda ötirgani uçun, köçada boşqalar bilan muloqot qilmagan, bu orqali potensial bemorlarning köpayişini töxtatgan bölamiz.

Ya'ni har bir virus aniqlangan şaxsning «S»lari (u bilan muloqot qilgan şaxslar) va «B»lari (u bilmagan holda yuqtirgan notaniş şaxslar) kam bölsa, vaziyatni nazorat qiliş va kasallarni kamaytiriş oson böladi. 

Şuning uçun, aziz «D»lar, köproq uyda ötiring, zarur bölmasa, turli jamoat joylariga, odamlar töplangan davralarga bormang, özingiz bilmagan holda «B»ga aylanib qolmang.

Qahramon Aslanov