2020 yilning 18 fevral kuniga ötar keçasi noma'lum şaxslar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hududida joylaşgan konteyner içida saqlanayotgan umumiy narxi 79 316 666 sömlik uskunalarini yaşirin ravişda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanlar.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB tergov bölinmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni kombinat qöriqlaş xizmati xodimlari 38 yoşli X.N., 28 yoşli A.E., A.A., Ş.O., suvoqçi, 31 yoşli N.N. va 39 yoşli D.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Talon-toroj qilingan uskunalarning katta qismi aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan. Jinoyat işi böyiça N.N., A.A. va O.Ş. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan, E.A. va N.X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Qayd etilişiça, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.












