Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovni «Döstlik» ordeni bilan mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjatda qayd etilişiça, Sergey Lavrov Özbekiston-Rossiya strategik şerikligini rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş, xalqlar örtasida döstlik munosabatlari va özaro anglaşuvni mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi, xalqaro maydonda Özbekiston Respublikasining tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaşga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega taşabbuslarini faol qöllab-quvvatlagani uçun, şuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Öz navbatida, 21 mart kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi Sergey Lavrovga 70 yoşga tölgani munosabati bilan tabrik maktubi yölladi.
Tabrikda Rossiya Federatsiyasi taşqi siyosat idorasi rahbarining hozirgi Özbekiston-Rossiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqarişga, strategik va şerikçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasi yuqori baholandi hamda ikki mamlakat örtasidagi har tomonlama hamkorlik izçil rivojlanib borişiga işonç bildirildi.












