Kun.uz muxbiri koronavirus mavzusidagi navbatdagi brifingdan söng Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan qisqa suhbat uyuştirdi.
– Bahrom aka, muassasalarga murojaatlar qanday bölyapti?
– Bir kun davomida tizimimizdagi laboratoriyalarga özida koronavirus infeksiyasida şubhalanib, örtaça 200-300 kişi murojaat qilib turibdi. Bunday fuqarolardan namunalar olinib, tekşirişlar ötkazilmoqda. Barça tekşirişlar bepul. Tekşiriş işlari asosan ekspress uslub orqali ötkaziladi va 4-5 soat davomida javobi olinadi. Ya'ni murojaat qilgan fuqaro örtaça 5 soatda özida koronavirus bor-yöqligini bilib oladi.
Endi tekşirişni yanada tezroq ötkazadigan boşqa ekspress-testlar ham bor. Lekin bu usullar kasallikni erta [bosqiçda] aniqlamaydi. Vaholanki kasallik avjiga çiqqanda, boşqa belgilar paydo bölganda, aytaylik qon tahlili 20 daqiqada ham javob berişi mumkin.
Bizga tadbirkorlar tomonidan [testni tezroq ötkaziş böyiça] köplab murojaatlar kelib tuşyapti. Lekin şunga qaramay biz qon orqali tekşiriş usulidan voz keçganmiz. Çunki davlatimizda kasallik [nisbatan] kam qayd etilyapti. Uşbu kasallik keng tarqalib ketişining oldini olişda biz uçun barvaqt aniqlaş çora-tadbirlari öta muhim.
– Umuman, kasallik töliq tuzalgani qanday körsatkiçlarga köra ma'lum böladi? Ya'ni bemorlar qanday holatda soğaygan hisoblanadi?
– Birinçi navbatda kasallik belgilariga e'tibor berişimiz kerak. Tana harorati, quruq, yötal, nafas qisişi, holsizlik, ayrim hollarda iç ketişi. Keyinçalik virus öpkaga ötadi, belgilari nisbatan tez rivojlanadi. Öpkada asorat berganidan keyin davolaniş qiyin keçadi. Pnevmoniyada antibiotiklar va juda köp simptomatik davo çoralari qöllanadi. Kasallik belgilari tugaganidan keyin, öpkadagi biriktiruvçi töqima sörilib ketgunça ham ma'lum muddat ötadi. Bu bemorning umumiy ahvoli, yoşi, qabul qilgan dori-darmonlari va hatto yegan ovqatiga ham boğliq.
Öz vaqtida davolanganidan söng, kasallikdan soğayganidan keyin ham bemorlarni 2 hafta saqlab turmoqçimiz. Çunki tekşirişlar şuni körsatdiki, bemor töliq soğayganidan keyin ham unda kasallik yuqtiruvçi viruslar saqlanib turadi. Buni hisobga olgan holda hukumatimiz oldiga töliq davolanişdan keyin ham yana 2 haftalik reabilitatsiya çora-tadbirlari rejasini qöydik.












