Qaşqadaryo viloyatida taşkil etilgan karantin markaziga joylaştirilgan fuqaro bu yerdan qoçişga uringan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilişiça, 20 mart kuni Moskva şahridan “Moskva-Toşkent” poyezdi orqali Özbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida tuğilgan M. Abbosov epidemik vaziyatga köra örnatilgan tartibda Qaşqadaryo viloyatida taşkil etilgan karantin markaziga joylaştirilgan. 

U 21 mart kuni karantin markazi devoridan oşib ötib, qoçişga harakat qilgan vaqtda karantin hududi böylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qöriqlaş xizmati xodimi tomonidan qölga olingan.

“Hozirda uşbu şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatiş çoralari körilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bölib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qoçgan şaxs uşlangan va unga nisbatan jinoiy iş qözğatilgandi.