Koronavirus pandemiyasi tarqalişi ham, unga qarşi samarali kuraş ham ilk marta Osiyo davlatlarida kuzatildi. Ammo bu kuraşda osiyoliklarning ğalabasi 2002-2003 yillarda tarqalgan SARS pnevmoniyasidan orttirilgan tajribaga asoslanadi. Negaki, ular virusga qarşi samarali kuraşdan söng, şu turdagi tahdidlardan munosib himoyalaniş uçun soğliqni saqlaş milliy tizimini qayta taşkil etişga qat'iy qaror qilgandi.

Bir neça kunlar farqi bilan Tayvan, Hongkong va Singapur koronavirusga qarşi kuraş yölida uç turdagi çorani qölladi, ulardan ayrimlari ayni vaqtda Özbekistonda ham tatbiq etilmoqda.

Birinçidan, infeksiya tarqalgan hududlar bilan aviataşuv bekor qilindi. Ikkinçidan, virusni yuqtirib olgan va şunga gumon qilingan barça şaxslar majburiy karantinga olindi. Nihoyat, ijtimoiy masofalaniş çoralari, ya'ni özini izolyatsiyaga oliş, ommaga qöşilmaslik va şaxsiy gigiyenaga rioya etiş qoidalari amal qila boşladi.

Tayvan

SAM YEH/GETTY IMAGES 

Rasman Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga kiruvçi, ammo öz hududi ustidan suverenitetga da'vo qiluvçi Tayvan köp masalalarda Xitoyga boğlangan. Masalan, 850 mingga yaqin tayvanlik (orolning taxminan 3,6 foiz aholisi) Xitoyning materikdagi qismida mehnat qiladi. Bundan taşqari, ularni kuçli iqtisodiy aloqalar boğlab turadi. Şunga qaramay, Tayvanda SARSr-CoV-2 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 215 kişini taşkil etgan, Covid-19’dan esa faqat ikki kişi vafot etgani qayd etilgan.

Tayvan hukumati kasallik tarqalişining oldini oliş böyiça boşqa davlatlardan köra qat'iyroq çoralar köra oldi.

Uhanda koronavirus qayd etilişi bilan Tayvan virus tarqalgan şaharlardan uçib keluvçilarni majburiy tibbiy körikdan ötkazişni majburiy qilib qöydi. Şu tufayli, Xitoyning bir qator yirik şaharlaridan kiriş bekor qilindi, Makao va Hongkongdan taşrif buyuruvçilar esa 14 kunlik karantinga olindi.

Fevral oyi boşidanoq Tayvanda tibbiy niqoblar eksportiga taqiq qöydi, ularning taqsimlanişi nazoratga olindi. Şu bilan rasmiylar aholi örtasida kötarilgan vahimadan foydalanişga uringan opportunist işbilarmonlarga imkoniyat bermadi. Tibbiy niqoblar taxminan 1700 sömdan (mahalliy kupyuradagi 5 dollar) çeklangan miqdorda sotuvga çiqarildi. Ommaviy joylar, taşkilot va markazlarda antiseptik geldan bepul foydalaniş şaroiti yaratildi. Aholi istagiga köra, tana haroratini tekşirib beruvçi mobil-qurilmalar faoliyat körsata boşladi. Hukumat virusga qarşi kuraşda zarur tibbiy anjomlar, xususan niqob işlab çiqarişni jadallaştirdi.

Orolda 23 million aholi böla turib, mamlakatda kuniga 10 million dona tibbiy niqob işlab çiqarilmoqda.

Singapur

Foto: REUTERS/Edgar Su

2000-yillar boşida SARS bilan kuraşgan şahar-davlat ham tezkor çoralar köriş böyiça tajribaga ega edi. Ötgan yili 31 dekabr kuni Xitoy rasman infeksiya tarqalganini e'lon qilişidan uç kun ötib, Singapur Uhandan keluvçi barçani sinçkovlik bilan tekşirişni boşladi. Virus yuqtirib olgan birinçi yölovçi aniqlanişi zahoti Uhan bilan aviaqatnov bekor qilindi.

Singapur mintaqadagi yirik aviatransport habi hisoblanadi, şuningdek, mamlakat aholisining 10 foizi etnik xitoylik bölib, ularning iş faoliyati Hongkong va Xitoy bilan aloqador. Şunga qaramay, Singapur karantin joriy etib, gumondor şaxslarni karantinga ola boşladi. Bundan taşqari, infeksiya aniqlangan bemor bilan alohida işlab, u bilan aloqada bölgan barça şaxslarni aniqlaştirdi.

Hongkong

© AP

Uhandan 900 km masofada joylaşgan Xitoyning maxsus ma'muriy birligi – Hongkongda, birinçi galda, koronavirusni tekşiriş uçun barça yirik şifoxonalarda test markazlari taşkil etildi. Öz hukumati va pul birligiga ega uşbu şaharda fervaldayoq 12 ming kişi karantinga olingandi. Şuningdek, 7,5 million aholiga ega şahar ma'muriyati bir vaqtning özida 1200 nafar bemorni qabul qiliş imkoniyatiga ega yuqumli kasalliklar şifoxonasini şay holatga keltirdi.

Janubiy Koreya

Mun Je In boşçiligidagi hukumat majlisi. Foto: AFP

Janubdagi Koreya aholisi Tayvandan ikki baravar köp, ammo mamlakatda virusga çalinganlar soni deyarli 60 marta ortiq - ayni vaqtga kelib 9 mingdan ortiq kişida virus aniqlandi. Şu paytgaça 120 ölim holati qayd etildi. Tayvan va Janubiy Koreya örtasidagi farq siyosiy xatolik hamda keçiktirilgan çoralar bilan izohlanadi.

Prezident Mun Je In pandemiya boşidanoq Xitoy bilan aviataşuvni töxtatiş, çegaralarni yopişga şoşilmadi. Uning beqarorligi Xitoy rahbari Si Tszinpining qoldirilgan taşrifidan umidvorligi bilan boğliq edi. U saylovoldi kampaniyasida Şimoliy Koreya bilan döstona aloqalarni örnatişga va'da bergandi, şu maqsadda u mintaqa davlatlari bilan yaqindan hamkorlikni közlab turgandi. Bundan taşqari, asosiy savdo şeriklaridan birini xafa qilişni istamagan Koreya 13 yanvarda koronavirus tarqalişi nazoratga olinganini ma'lum qildi. Ammo bir hafta ötmay, infeksiyani yuqtirib olganlar soni 100ga yaqinlaşdi, oy oxiriga borib, bemorlar 3 mingdan oşdi. Koreyslar davlat rahbarining iste'fosini sörab, petitsiya imzolay boşladi.

Şunga qaramay, hukumat kuraşda dadil qadam taşladi: Janubiy Koreyada koronavirusga tekşirtiriş test markazlari köpaytirildi. Tahlil natijalari ikki soatda, ayrim holatlarda bir sutkada uyali aloqa vositasiga yuborildi. Şunday qilib, kuniga 20 ming kişi test topşiriş va soğliği haqida ma'lumot oliş imkoniga ega böldi.

Rasmiy Seul baxtiga koronavirus keng tarqagan öçoqlaridan biri Tegu şahridagi ibodatxona bölgan. Gap şundaki, ibodatxona ma'murlari köproq yoşlarni, xususan talabalarni işga yollagandi. Covid-19 bilan kasallangan bemorlar orasida ölim holati esa aynan yoşga ham boğliq bölib, u yoşlarda nisbatan oson keçadi. Şu tufayli, ölim holati kamroq, ya'ni bemorlarning 1 foizi atrofida kuzatildi.

Xitoy

Albatta, Xitoyning koronavirusga qarşi kuraş çoralari ança samarali böldi. Pekin eng radikal usullarni tanladi: avval, 60 million aholi yaşab turgan butun provinsiya karantinga olindi, keyinroq butun mamlakat yopildi. Şifokorlar va tegişli soha vakillarining jonkuyarligi bilan yangi şifoxonalar tezkor qurilib, bemorlarni davolaş işi kuçaytirildi. Xitoy buning tovonini katta iqtisodiy yöqotiş bilan töladi, oqibatda bu tovon jahon iqtisodiyotiga ham salbiy ta'sir körsatdi.

Xitoy hukumati 25 martdan Xubey provinsiyasini karantindan çiqarmoqda. Şu bilan birgalikda, virus öçoği Uhan şahri 8 aprelga qadar yopiqligiça qoladi.

Xubey va Uhan 23 yanvardan buyon taşqi dunyodan uzilgan holda yaşamoqda.

Xitoyda sönggi haftalarda kasallik tarqalişi sezilarli darajada pasaygan. Sönggi bir kunda butun mamlakat böylab virusdan zararlanganlar soni 78 nafarni taşkil etdi, 7 kişi vafot etdi. Virus tarqalişi boşlanganidan buyon jami 81171 kişi virus yuqtirgan, ulardan 73159 nafari töliq soğayib ketgan, 3277 kişi vafot etgan.