«Joriy yilning 27 fevralidan 22 martiga qadar respublikaga chegara orqali kirib kelgan 837 ming nafar fuqaro [birlamchi] tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan kelgan 19 479 nafar shaxs 14 kunlik tibbiy karantinga olingan.
Hozirgi kunga kelib, ulardan 6 748 nafari Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarining xulosalari asosida karantindan yechilgan, qolgan 12 731 nafari tibbiy kuzatuvda qolmoqda. Ulardan 7 416 nafari tibbiyot maskanlarida, 5 315 nafari uy sharoitida karantin o‘tamoqdalar», dedi G‘iyosov.
IIV rasmiysi qaysi hududda qancha odam uy karantiniga olinganiga ham oydinlik kiritdi:
- Toshkent shahrida – 1 794 nafar
- Toshkent viloyati – 783
- Navoiy v. – 380
- Buxoro v. – 373
- Jizzax v. – 336
- Namangan v. – 311
- Surxondaryo v. – 262
- Samarqand v. – 250
- Xorazm v. – 218
- Qashqadaryo v. – 202
- Andijon v. – 170
- Farg‘ona v. – 157
- Qoraqalpog‘iston – 44
- Sirdaryo v. – 35.
«Ularning barchasi, ya'ni 5 315 nafari hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan karantin qoidalariga qat'iy rioya etishi yuzasidan rasmiy ogohlantirildilar», dedi Shohruh G‘iyosov.
Karantindan qochgan uch fuqaro kamida 18 kishining hayotini xavf ostiga qo‘ygan – IIV
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kunidan e'tiboran butun mamlakat bo‘ylab tibbiy niqobsiz harakatlanish taqiqlandi. 25 martdan ko‘chaga niqobsiz chiqqan fuqarolar jarimaga tortiladi.
Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
















