Yer yuzi aholisining taxminan 20 foizi yoki 1,7 mlrd kişi koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida ijtimoiy izolyatsiya çoralari ostida qoldi, deb yozmoqda The Guardian naşri.

Gazetaning qayd etişiça, turli mamlakatlar hukumatlari öta muhim paytda karantin çoralarini körişiga töğri kelmoqda: Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, koronavirusga çaliniş bilan boğliq 100 mingta holat 67 kunda qayd etilgan bölsa, keyingi 100 ming holat (300 ming bemor) qayd etilişi uçun tört kun kifoya qilgan.

The Guardian hozirgaça dunyo böyiça uşbu kasallikka çaliniş bilan boğliq 378 ming 679 ta holat qayd etilganini bildirgan.  

Gazetaning yozişiça, Britaniyada jiddiy çeklovlar kiritilayotgan bir vaqtda epidemiya boşlangan Xitoyning Xubey provinsiyasida çeklovlar olib taşlanmoqda.