«2019 yil uçun jismoniy şaxslarning jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etiş muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi.

290 ming fuqaroga (55 foiz) 181,2 mlrd. sömlik hisoblanişi kutilayotgan soliq summalarining tölov muddati keçiktirilmoqda.

Jismoniy şaxslarning mol-mulk soliği va yer soliğini tölaş muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.

Ma'lumot uçun, jismoniy şaxslarning mol-mulk va yer soliqlari böyiça 7,3 mln fuqaroga 2020 yil uçun 2 trln söm soliqlar hisoblangan edi. 15 aprelda tölanadigan qismi 1 trln söm bölib, bugungi kunda 1,2 mln fuqaro 341 mlrd sömini töladi va 15 aprelga qolgan qismi 670 mlrd sömdan iborat.
 
Jismoniy şaxslarga Xayriya taşkilotlari tomonidan körsatilgan moliyaviy yordam pullari uçun soliq solinmaydigan böldi», dedi u AOKA qoşidagi koronavirusga qarşi taşkil etilgan ştabda ötkazilgan brifingda.