Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Ijtimoiy tadbirkorlikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

ijtimoiy adolat;

jamiyat manfaatlarining ustuvorligi;

ijtimoiy tadbirkorlikning ixtiyoriyligi.

Ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatining maqsadlariga quyidagilar kiradi:

aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini iş örinlari, ijtimoiy tovarlar va ijtimoiy xizmatlar bilan ta'minlaş;

aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga dori vositalari yoki ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarini tannarxida yoxud tannarxidan past bölgan narxlarda realizatsiya qiliş;

tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatga ega bölgan boşqa holatlarni bartaraf etiş;

boşqa ijtimoiy maqsadlarni közlagan faoliyatni amalga oşiriş.

Ijtimoiy tadbirkorlik sohasida davlat siyosatining asosiy yönalişlari quyidagilardan iborat:

davlat tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş;

ijtimoiy tadbirkorlikning huquqiy asoslarini yaratiş va takomillaştiriş;

ijtimoiy tadbirkorlik sohasida davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;

ijtimoiy loyihalar uçun investitsiyalar jalb qilişda qulay şart-şaroitlar yaratiş.

Yuridik şaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy korxona sifatida quyidagi mezonlardan biriga yoki bir neçtasiga mos kelganda, ijtimoiy korxonalarning reyestriga kiritiladi:

xodimlarining umumiy sonida aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub şaxslar kamida 70 foizni taşkil etadigan hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub şaxslarning mehnatiga haq tölaş fondi mehnatga haq tölaş umumiy fondining kamida 70 foizini taşkil etadigan yuridik şaxslar;

işlab çiqaradigan tovarlarini yoki körsatadigan xizmatlarini realizatsiya qilişdan tuşgan tuşum umumiy hajmining kamida 50 foizini ijtimoiy tovarlar realizatsiya qilişdan yoki ijtimoiy xizmatlar körsatişdan tuşgan tuşum taşkil etadigan şaxslar;

ijtimoiy tovar va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarining kamida 50 foizini mazkur tovarlarning tannarxida yoki tannarxidan past bölgan narxlarda çakana savdo orqali aholiga realizatsiya qiladigan şaxslar;

faoliyatini tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boşqa favqulodda xususiyatga ega bölgan boşqa holatlarni bartaraf etişga qaratilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) işlab çiqarişga özgartirgan şaxslar.

Yuridik şaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning ijtimoiy korxona mezonlariga mos kelişi ularning çoraklik moliyaviy hisobotlarini örganiş orqali soliq organlari tomonidan aniqlanadi.

Ijtimoiy korxonalarning reyestriga kiritilgan şaxslar, ötgan moliya yilida olingan foydaning kamida uçdan ikki qismini keyingi moliya yili davomida ijtimoiy korxonaning faoliyatiga yoki ijtimoiy loyihalarga reinvestitsiyaga yönaltirişi şart, asosiy faoliyatini favqulodda holatlarni bartaraf etişga özgartirgan şaxslar bundan mustasno.