Ikkinçi ştamm — bu Xitoyning Uxan şahrida tarqalgan ilk koronavirusning mutatsiyasidir. Mutaxassis fikriga köra, gap birinçi marta koronavirusni qöşaloq yuqtiriş holati haqida ketyapti.

Taxminga köra, mutatsiyalaşgan ştamm yanada tajovuzkor bölişi mumkin, çunki bemor özi bilan aloqada bölgan insonlarni aynan şu virus bilan zararlagan.

Ma'lumotlarning xalqaro bazasiga köra, koronavirusning bunday turi Islandiyadan taşqarida aniqlanmagan. 

24 mart holatiga Islandiyada koronavirus keltirib çiqaradigan COVID-19 xastaligiga çalingan 588 bemor aniqlangan. Ulardan 1 nafari – keksa ayol vafot etgan.