«Şu yilning 25 mart kuni charter reys bilan Istanbuldan Farğonaga uçgan nogironligi bölgan 63 yoşli fuqaro F.ning ahvoli samolyotda oğirlaşgan. Unda yurak yetişmovçiligi, oyoq va qöllarida harakatsizlik kuzatilgan. Bu haqda xabar olingaç, Farğona şahar xalqaro aeroportiga maxsus jihozlangan reanimobil tez tibbiy yordam maşinasi öz vaqtida yetib kelgan.
Şundan söng bemorga zudlik bilan reanimatsion muolajalar körsatilgan. Maşina içida unga yurak, nafas tizimini yaxşilaş uçun muolajalar bajarilib, defibrilyatsiya amaliyoti tezkorlik bilan ötkazilgan. Standartlar böyiça ötkazilgan muolajalarga qaramasdan, bemor vafot etgan.
Unga boş miyada qon aylanişining ötkir buzilişi, ötkir yurak yetişmovçiligi taşxisi qöyilgan. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, 25 mart kuni soat 07:30da «Istanbul-Farğona» charter reysi orqali Turkiyaning Istanbul şahridan jami 244 kişi ( şundan 243 nafari Özbekiston fuqarolari va 1 nafari Qozoğiston fuqarosi bölgan ayol) Farğona xalqaro aeroportida kutib olindi.

Farğona xalqaro aeroportida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantiriş işlari ötkazilgan. Tekşiruv natijasida tana harorati yuqori bölgan fuqarolar aniqlanmagan.

Turkiyaning Istanbul şahridan Farğona viloyatiga olib kelingan fuqarolar maxsus ajratilgan 12ta avtobus va 2ta yuk maşinasida endemik davlatlardan olib kelingan fuqarolarni joylaştiriş maqsadida tayyorlangan Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» faxriylar sihatgohiga joylaştirilgan va töliq tibbiy kuzatuvga olingan.



















