Virusolog Roberto Burioni havoning isib ketişi natijasida pandemiya pasayadi degan taxminlarga qöşilmadi. Mutaxassis fikriga köra, virusga qarşi kuraşda davlatlar tomonidan qabul qilingan çeklov çoralari samarali xolos.
Uning ta'kidlaşiça, iliq kunlar kelişi bilan barça respirator kasalliklar haqiqatdan ham kamroq yuqadi, havodagi sölak tomçilari esa tezroq buğlanib ketadi. Ammo bu narsalarning hozirgi vaziyatga aloqasi yöq.
Qayd qiliş joizki, Bikokka Milan universiteti, Rim universiteti III va Keti-Peskara universiteti olimlari ham şunday xulosaga kelişgan. Ular Uxan, Lombardiya, Venetoda COVID-19 bilan xastalangan odamlar miqdorini taqqoslab körişgan va ularning sonini bu hududlardagi ob-havo şaroitiga boğliqligini aniqlaşmagan.
Italiyalik olimlar infeksiyaga qarşi kuraşda iliq ob-havo şaroitining foyda berişi haqidagi taxminni atipik pnevmoniya bilan taqqoslaş natijasida yuzaga kelgan deb hisoblaşmoqda. 2002 yil oxirida boşlangan bu virusning epidemiyasi 2003 yil örtalariga kelib sönib qolgan edi. Mutaxassislar fikriga köra, öşa epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslaş örinli emas.
Hozirgi vaqtda koronavirus 170ta mamlakatda aniqlandi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, xastalanganlar soni 350 mingdan oşdi. Şulardan 16 mingdan ortiği vafot etdi.













