Uning sözlariga köra, Davlat soliq qömitasi va uning hududiy tuzilmalarida taşkil qilingan ştablarga narx-navo asossiz ravişda ösişining oldini oliş vazifasi yuklatilgan. Ana şu yönalişdagi işlarni amalga oşiriş uçun soliq organlaridan 2400 nafar xodim safarbar qilingan.
«Ötgan 10 kunda har bir savdo obekti, ya'ni 379ta bozor va savdo komplekslari, 8058ta dorixonalar, 27 ming 640ta çakana savdo obektlariga mas'ul xodimlar biriktirildi va ularda narx-navolarni asossiz oşirmaslik haqida ogohlantirildi», dedi Soliq qömitasi raisi örinbosari.
Ma'lum qilinişiça, karantin e'lon qilingan dastlabki kunlardanoq qömita tomonidan fuqarolar murojaatlari uçun e'lon qilingan telefon raqamlari (71 244 98 98, 1198 qisqa raqami)ga 25 mart ertalabki holatiga 7688ta murojaat bölgan.
Kelib tuşayotgan murojaatlarning 80 foizidan ortiği tezkorlik bilan bartaraf qilingan. Ya'ni ular kamçilikka yöl qöyilgan holatlari böyiça ogohlantiriş orqali kamçilik bartaraf qilinmoqda.
«Lekin bugungi kunda hozirgi holatdan öz manfaati uçun foydalanilayotgan, mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar suiiste'mol qilinayotgan holatlar ham yöq emas.
Fuqarolarimiz murojaatlari asosida 17-24 mart kunlari nazorat tadbirlari ötkazilganda 531ta holatda qonun buziliş holatlari aniqlandi. Bular hujjati bölmay turib tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş yoki mahsulotlarni hozirgi şaroitda nisbatan qimmat sotişga harakat qilingan holatlar. Uşbu holatlarning barçasi belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, ulardan 1 mlrd 542 ming sömlik mahsulotlar vaqtinçalik davlat foydasiga olib qöyildi», dedi Fazliddin Umarov.









