«Koronavirus bilan oğriganlarning aksari Virusologiya ilmiy-tekşiriş institutida davolanmoqda. Ularning salomatlik böyiça körsatkiçlari doimiy nazoratga olingan.
Hozirgi paytda bemorlarning 13 nafarida koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan pnevmoniya (zotiljam — öpka yalliğlanişi)belgilari paydo bölgan, taşxis rentgen tekşiruvi yordamida tasdiqlangan. Mana şu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovçi mutaxassislar tomonidan oğir deb baholanmoqda. Ammo unutmasligimiz kerakki, tibbiyotda oğir va öta oğir holat keskin farq qiladi», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutaxassis buyrak transplantatsiyasi qilingan bemorlarning koronavirusga çaliniş ehtimoli qay darajada bölişi töğrisidagi savolga ham javob qaytardi.
«Nafaqat buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti ötkazilgan şaxslar, balki boşqa surunkali somatik kasalliklarga çalingan aholi ham xavfli guruhga kiradi. Demak, biz ularni kasallanib qolişdan himoya qilişimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikka erta taşxis qöyilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolaş muolajalari boşlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuboriş imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud», dedi u AOKAda taşkil etilgan ştabda ötkazilgan brifing çoğida.
Nurmat Otabekov kasallikning onadan homilaga ötişi haqidagi ma'lumotlar tasdiqlanmaganini bildirgan.
«Mavjud tibbiyot adabiyotlarda koronavirus infeksiyasini onadan homilaga ötganini tasdiqlovçi ma'lumotlar yöq», dedi u.













