2025 yilda respublika böyiça 44 ta holatda ovqatdan zaharlaniş qayd etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

«2025 yilda respublika böyiça 44 ta holatda ovqatdan zaharlaniş qayd etildi. Zaharlaniş 6 ta holatda MTT tarbiyalanuvçilari orasida qayd etilgan. 29 ta holatda uy şaroitida tayyorlangan sabzavotli konserva mahsulotlarini iste’mol qiliş oqibatida 63 nafar (ulardan 17 nafari bola) jabrlangan», dedi u.

«Hamkorlikda taşkil etilgan örganişlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati ötgan, organoleptik körsatkiçlari me’yor talablariga javob bermaydigan 33230 tonna oziq-ovqat mahsulotlari örnatilgan tartibda brakeraj qilindi. Mahsulotlar turiga qaralganda eng köp ya’ni 259 tonna şakar va qandolat mahsulotlari, 251 tonna spirtli va salqin içimliklari, 220 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari, 106 tonna göşt va göşt mahsulotlari hisobiga töğri keldi», deb qöşimça qildi Otabekov.

Mutaxassis fuqarolardan uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini hamda sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslikni söradi.