Taşqi işlar vazirligining axborot xizmati rahbari Avazbek Hojimetovning ma'lum qilişiça, Telegram kanallarida Buyuk Britaniyadagi özbekistonliklar orasida tarqatilgan xabarlar mazmuni asossizdir.

«Telegram kanallarida tarqagan «kimdir erta/indin Toşkentga uçmoqçi bölsa, xususiy samolyotda charter reys amalga oşiriladi. 3ta örin qolgan. Narxi 10 ming atrofida. Aloqaga çiqing» qabilidagi xabarlarga işonmaslik kerak. 

Özbekiston TIV va Londondagi elçixonasi uşbu masala yuzasidan rasmiy axborot bergan. Vazirlik Londondan Özbekistonga xususiy samolyotlarda parvozlar taşkil etişiga doir xabarlarga işonmaslikka çaqirmoqda. Çunki, Özbekiston havo kengliklari vaqtinça yopilgan va mamlakatga amalga oşiriladigan har qanday parvoz hukumat ruxsati bilan amalga oşirilişi mumkin, xolos», dedi TIV rasmiysi AOKAda ötkazilgan brifing çoğida. 

Şu bilan birga, vazirlik bayonotida ta'kidlanişiça, Özbekistonning Londondagi elçixonasida taşkil etilgan operativ ştab tomonidan vatanga charter reys orqali qaytişni istayotgan fuqarolar röyxati tuzilmoqda. Kunlik yangilangan ma'lumotlar vatandoşlarni qaytariş böyiça jarayonga jalb etilgan boşqa vazirlik va idoralarga taqdim etilmoqda. 

Bundan taşqari, vazirlik vatandoşlar, jumladan talabalar va ularning ota-onalarini sabrli bölişga hamda charter reyslar amalga oşirilişini kutişga, fuqarolar orasida tuşunmoqçilikka sabab böluvçi işonçsiz ma'lumotlarni tarqatmaslikka çaqiradi.