Xuddi şunday davolaş usuli Xitoyda koronavirus epidemiyasi vaqtida qöllangan.
Bemorlarga quyiladigan qon plazmasidagi antitanalar ular organizmining virusdan tozalanişini tezlaştirişi kerak. Soğliqni saqlaş sohasidagi mutasaddi şaxslar davolaşning bu usulini ma'qullaşgan.
Şu bilan birga, olimlar koronavirus nima uçun köproq erkaklar uçun xavfliroq ekanini aniqlaşga harakat qilişmoqda. Ehtimol bunda gap erkak va ayollardagi gormonlarning immun javobga öziga xos ta'sir qilişida bölişi mumkin. Immun hujayralari estrogen va testosteronga javob beradi. Ayollar va erkaklarda bu gormonlar turli miqdorda bölgani sababli immun javobi ham farqlanişi mumkin.
Ma'lumki, ayollar hujayralari ba'zi viruslarga qarşi köproq interferonlar – viruslarga qarşi oqsillar işlab çiqaradi. Şuningdek, interferonlar faolligi estrogenlar bilan boğliqligi haqida ma'lumotlar mavjud. Bundan taşqari, erkaklar ayollarga nisbatan köproq nosoğlom turmuş tarzi keçiradi va kasallikning keçişini oğirlaştiruvçi surunkali kasalliklarga ega böladi.













