Bugun, 27 mart kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus ştabida taşkil etilgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi iştirokida brifing bölib ötdi. Vazirlik axborot xizmati rahbari Alipoşa Axmedov karantin davrida aholining kommunal tölovlarni amalga oşiriş darajasi pasayganini ma'lum qildi.

«Içimlik, oqova, issiq suv ta'minoti korxonalari tomonidan körsatilayotgan xizmatlarga karantin davrida keçiktirilgan tölovlar uçun jarimalar va penyalar joriy etilmasligi hamda qarzdor iste'molçilar böyiça sudlarga da'vo arizalari kiritilmasligi, iste'molçilar içimlik suv va kanalizatsiya hamda issiq suv tarmoqlaridan uzilmasligi bu kommunal xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşirmaslik kerak ekan, degani emas.

Ayni kunlarda suv ta'minoti korxonalari bir kunu-tun davomida aholiga 3,7 mln.m3 suv yetkazib berilmoqda hamda 2,4 mln.m3 oqova suvlar çiqarib taşlanmoqda. Aholiga uzluksiz va sifatli içimlik suv yetkazib beriş uçun bir kunda 2,1 mln.kVt elektr energiyasi sarf qilinadi. Içimlik suvini zararsizlantiriş uçun bir kunda 2 tonna xlor, 1,8 tonna gipoxlorid va 4,5 tonna koagulyantlar sarf qilinadi.

Şuningdek, 10 tonnadan ortiq yonilği-moylaş mahsulotlari işlatiladi. Bundan taşqari, har kuni yuzaga kelayotgan avariyalarni bartaraf qilişga ham muayyan xarajatlar talab etiladi.

Şu sababdan, tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmaslik qarzdorlikning keskin oşişi va ta'minlovçi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati zaiflaşişiga olib kelişi mumkin, bu esa aholiga uzluksiz içimlik suvi yetkazib berilişiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Misol uçun, bugungi kunda içimlik va oqova suv uçun iste'molçilardan tuşadigan tuşum darajasi karantin davriga qadar bir kunlik örtaça tuşum 4,7 mlrd. sömni taşkil etgan bölsa, 26 mart kuni 2,9 mlrd sömni taşkil etmoqda. Bu salkam 2 baravarga kamayişni körsatyapti.

Fuqarolar uçun vazirlik rasmiy www.mjko.uz veb-saytida hamda telegram tarmoğida @mjko_bot_info maxsus iste'molçilar sahifasi taşkil etilgan va masofadan turib onlayn rejimida tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati bor», deya axborot berdi Axmedov.