Toşkent şahri Şayxontohur tumani Navoiy köçasida ayrim köp qavatli uylar anʼanaviy boşqaruv kompaniyalari xizmatidan voz keçib, özini özi boşqariş tizimiga ötgan. Kun.uz Navoiy köçasidagi 35- va 41-uylarning özini özi boşqariş kengaşlari raislari Abdurazzoq Xöjabekov va Baxtiyor Qodirov bilan suhbatlaşib, bunday qarorga keliş sabablari, tizimning afzalliklari va hozirda duç kelayotgan muammolar haqida söradi.

- Bu uy özini özi boşqarayotgan uylardan biri. Bunday qarorga qanday keldingizlar?

Abdurazzoq Xöjabekov, Navoiy köçasidagi 35-uyning özini özi boşqariş kengaşi raisi:

- 35-uy 2024-yil sentabr oyida özini özi boşqarişga ötgan. Bunday qarorga kelişimizga avvalgi boşqaruv tizimida xizmat körsatiş bilan boğliq muammolar sabab böldi.

Xususan, moliyaviy muammolar tufayli uç oy davomida uyga issiq suv yetkazib berişda qiyinçiliklar bölgan. Körsatilayotgan xizmatlar sifatida ham kamçiliklar bor edi. Şuning uçun aholi bilan maslahatlaşib, uyni özimiz boşqarişga qaror qildik.

- Özini özi boşqariş tizimi maʼqul böldimi sizlarga?

- Boşida juda qiyin böldi. Avvalgi hisob-kitoblardagi çalkaşliklar sabab ayrim qarzlarni ikkinçi marta tölaşga ham töğri keldi.

Amalda işni deyarli noldan boşladik. Maʼmuriy işlar, santexnik, elektrik va boşqa xizmatlarni bajaradigan xodimlar bilan alohida şartnomalar tuzdik. Xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan bevosita işlay boşladik, zarur joylarda oldindan tölovlarni amalga oşirdik. Billing tizimiga ham kirdik.

Birinçi yil ança murakkab keçdi. Lekin hozir uyda kengaş bor, içki nazorat bor. 40 ta xonadon bölsa, har bir xonadon bitta ovozga ega.

Aholi orasida turli sohalarni yaxşi biladigan odamlar bor. Kimdir öz tajribasi, kimdir kasbiy bilimi bilan yordam berdi. Menimça, eng katta yutuğimiz – doimiy muloqot va axborot almaşinuvi.

- Bunday tizim qanday salbiy holatlarning oldini olişi mumkin?

- Birinçidan, qarorlarni bir kişi yoki kiçik guruhning özi qabul qilişiga yöl qöyilmaydi. Içki nazorat kuçayadi, aholining taşabbusi ortadi. Eng muhimi, qarorlar kollegial tarzda qabul qilinadi. Hamma narsa markazdan keladigan qarorga boğliq bölib qolmaydi.

- Masalan, uyga yangi uskuna örnatiş kerak bölsa, sifatsiz mahsulotni ötkaziş yoki mablağni notöğri sarflaşning oldini oliş imkoni ham oşadimi?

- Albatta. Har qanday uyda modernizatsiya kerak böladi. Bu lift, isitiş tizimi, quvurlar yoki boşqa infratuzilma bölişi mumkin.

Lekin bularning barçasi mablağga boğliq. Mavsum oldidan tayyorgarlik qiliş, byudjetni töğri rejalaştiriş va mablağni samarali işlatiş kerak. Masalan, hozir uyimizda podyezdlarni elektr energiyasi bilan taʼminlaş uçun quyoş panellaridan foydalaniş imkoniyatini muhokama qilyapmiz.

Bunday masalalarni uy aholisi muhokama qiladi. Köpçilik rozi bölgandan keyingina qaror qabul qilinadi. Şuning uçun kimdir bizga maʼlum bir mahsulotni majburan ötkazişi ança qiyin.

- Monopolist sizlarga öz mahsulotini ötkaza olmaydi...

- Şunday. Bizga liftlarni almaştiriş böyiça taklif bölgan. Taklifni örgandik, taklif qilinayotgan liftlarni uyimizdagi mavjud liftlar bilan soliştirdik. Aholining köpçiligi hozirgi liftlarni almaştirişga zarurat yöq, degan fikrga keldi. Şuning uçun bu taklifga qarşi fikr bildirdik.

- Sizlar Kun.uz'ga murojaat qildingizlar. Muammo nimada?

- Joriy yil aprel oyida quriliş va uy-joy kommunal sohasi nazorati bilan şuğullanuvçi inspeksiya vakillari kelib, faoliyatimizni monitoring qildi.

Bizga öndan ortiq savol berildi. Billing tizimi, tölovlar, lift xizmati va boşqa masalalar böyiça maʼlumot berdik. Şunda dispetçerlik xizmati masalasi kötarildi.

Biz tuşuntirdik: uyda bu vazifa masʼul kişilarga yuklangan. Aholi telefon orqali murojaat qiladi. Masalan, santexnika bilan boğliq muammo bölsa, masʼul şaxs xizmat körsatuvçi santexnik bilan boğlanib, masala hal qilinadi.

Şunga qaramay, keyinçalik «dispetçerlik markazi faoliyat körsatmayapti» degan asos bilan jarima rasmiylaştirildi. Mening fikrim töliq eşitilmadi. Keyin yana xuddi şu masala böyiça ikkinçi marta jarima qöllandi.

4-avgustga kelib esa billing tizimi orqali Navoiy köçasidagi 35-uyni billing tizimidan çiqariş mumkinligi haqida xabarnoma keldi.

Bizga ketma-ket 6 mln sömdan uç marta, jami 18 mln söm jarima qöllandi.

- Bu jarayondan qanday xulosaga kelyapsiz?

- Mening fikrimça, maqsad – mana şunday özini özi boşqarayotgan tizimni «böğiş». Jarimalar orqali faollarni bezdiriş, ularni bu işdan voz keçişga majbur qiliş va oxir-oqibat uylarni yana köplab binolarga bir vaqtning özida xizmat körsatadigan boşqaruv taşkilotlariga biriktirişga olib keliş mumkin.

Mening tuşunişimça, tizim qançalik markazlaşgan bölsa, uni nazorat qiliş va qarorlarni ötkaziş şunçalik oson böladi. Lekin bu yerda jamoaning qarori bor. Biz jamoa vakili sifatida çiqyapmiz.

Zamonaviy texnologiyalar bor: telefon, Telegram, WhatsApp, elektron poçta orqali aholi bilan doimiy aloqada turiş mumkin. Nima uçun albatta alohida bir joy qurib, u yerda kimdir 24 soat telefon oldida ötirişi kerak?

Muammoni hal qilişning boşqa samarali usullari bölsa, ular ham tan olinişi kerak. Har bir uy uçun yagona qolipdagi talabni qöllaş töğri emas, deb hisoblayman. Men bu yondaşuvni özini özi boşqaruv tizimini böğiş va yöqotişga qaratilgan harakat, deb baholayman.

- 41-uyda özini özi boşqariş tizimi qaçondan beri işlayapti?

Baxtiyor Qodirov, Navoiy köçasidagi 41-uyning özini özi boşqariş kengaşi raisi:

- Beşinçi yildirki, uyimizni özimiz boşqarib kelyapmiz. Bu qarorga kelişimizga avvalgi TÇSJ faoliyatidan noroziligimiz sabab bölgan.

Biz xizmat uçun pul tölardik, ammo gaz, elektr va suv kabi xizmatlar böyiça belgilangan tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmagan holatlar bölgan. Qişda hatto uç-tört kunlab gazsiz qolgan paytlarimiz böldi.

Şundan keyin aholi bilan yiğilib, uyni özimiz boşqarişga qaror qildik. Bizga taklif qilingan boşqaruv şakllari orasidan özini özi boşqariş tizimini eng maqbul deb topdik.

Hozir beşinçi yil. Gaz, elektr, suv va boşqa majburiy tölovlarni öz vaqtida tölab kelyapmiz.

- Sizlar ham hozir qandaydir tösiqlarga duç kelyapsizlarmi?

- Ha. Ayrim mutasaddilar tomonidan bizni yana avvalgi boşqaruv şakliga qaytarişga urinişlar bölyapti, deb hisoblaymiz.

Bir holatda uy aholisi göyo boşqa boşqaruv taşkilotiga qayta qöşilişga rozi bölgani haqida maʼlumot berilgan. Şundan keyin men xonadon egalarini yiğib, yana majlis ötkazdim. Yiğilişda aholi bunday qaror qabul qilmaganini va avvalgi tizimga qaytişni istamasligini bildirdi.

Şuning uçun biz öz tanlagan boşqaruv şaklimizni saqlab qolişni xohlaymiz. Hatto bizning tajribamizni boşqa uylar uçun namuna sifatida örganiş mumkin, deb öylayman.

- Özini özi boşqarişning aholi uçun asosiy afzalligi nimada?

- Birinçidan, bir uyda yaşaydigan odamlar katta bir oilaga öxşab qoladi. Uyimizni özimiz boşqaramiz. Kommunal tölovlarni vaqtida amalga oşiriş öz nazoratimizda.

Ikkinçidan, boşqaruv tizimini ança ixçam qilganmiz. Alohida guruhimiz bor, keçayu kunduz aloqadamiz. Muammo paydo bölsa, tezkor ravişda hal qilişga harakat qilamiz.

Dispetçerlik vazifasini ham öz imkoniyatimizdan kelib çiqib taşkil qilganmiz. Buning uçun uyga ortiqça xarajat qilib, katta ştat yoki alohida dispetçerlik binosi taşkil qilişni zarur deb hisoblamaymiz.

Uçinçidan, öz aholimiz orasidan işga muhtoj odamlarni iş bilan taʼminlaganmiz. Hozir uyimizdagi beş kişi şu tizim doirasida işlab, maoş olyapti.

Şuning uçun biz uçun bu faqat kommunal xizmatlarni taşkil qiliş emas. Bu – öz uyimiz uçun özimiz masʼul böliş tizimi.

Biz eski tizimga qaytişga rozi emasmiz.