Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan qozoğistonlik uçinçi fuqaro Olmaotadagi kasalxonadan çiqarildi, deb xabar bermoqda Coronavirus2020.kz.

Bu Qozoğistonda COVID-19 aniqlangan dastlabki bemorlardan biri bölgan erkak kişidir.

Jamoat soğliqni saqlaş boşqarmasi ma'lumotlariga köra, uning nazorat tahlili natijalari salbiy bölgan.

«Bu bemor 13 martga ötar keçasi Berlin - Minsk - Olmaota reysi bilan Olmaotaga kelgan erkak kişi. U virusga qarşi davolaş va simptomatik terapiyaning töliq kursini oldi. Kasallik yengil keçdi. Davolaniş davrida asoratlar kuzatilmadi. Hozir u 14 kunlik karantinga çiqarildi, uyida tibbiy xodimlar nazorati ostida böladi», - deya xabar qildi şifokorlar.

Bundan oldin, Olmaotaga karantin sababli harbiy texnika kiritilgandi.