«Real» (Madrid) klubining uy stadioni bölmiş  «Santyago Bernabeu» stadionidan sport kompaniyalari va taşkilotlari tomonidan xayriya sifatida taqdim etiladigan dori-darmonlar va zarur ehtiyoj buyumlari saqlanadigan omborxona sifatida foydalaniladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Bayonotda aytilişiça, klub Oliy sport kengaşi (CSD) bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarşi foydalaniladigan tibbiy aşyolarni yetkazib beriş va tarqatiş böyiça loyihani yölga qöygan.  

Ta'kidlanişiça, xayriyalar Ispaniyadagi davlat soğliqni saqlaş taşkilotlari ixtiyoriga beriladi.

Şuningdek, «Real» taşkilot va korxonalarga soğliqni saqlaş vazirligiga mablağ yoki moddiy kömak beriş imkoniyatini berişini ma'lum qilgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Ispaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 56 ming kişidan oşgan.