Dunyoni taşvişga solayotgan, odamlarni bir biriga nisbatan mehrli bölişga undayotgan hozirgi vaziyat ba'zi bir odamlarga çivin çaqqançalik ham ta'sir körsatmayotganligi, ularni kibrdan, manmanlikdan qaytarmayotgani ğoyatda açinarli, deb yozadi Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilişiça, kasallik sabab köp joylarda karantin maskanlari taşkil etildi. Kun-u tun faoliyat olib borayotgan bu maskanlarda xodimlar öz vazifalarini bajarib, karantin böyiça hukumat qarori ijrosini ta'minlamoqda. Ammo, qonun va qoidalarga nisbatan beparvo bölgan ayrim haydovçilar YPX inspektorlarini faoliyatiga qarşilik körsatib, özlarini salbiy tomondan körsatişmoqda.
              
Haydovçi, 1995 yilda tuğilgan, Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi B.M. özining “Matiz" rusumli transport vositasida “Toşkent-Çirçiq-Çimyon” avtomobil yölining 1-kilometrida taşkil etilgan maskanda köpçilik qatori, navbati bilan ötiş örniga, yölning qarama qarşi tomoniga çiqib, orqaga harakatlanib kela boşlagan. 

YPX inspektori bu holatni bartaraf etiş maqsadida huştak çalib, jyezl bilan işora berib, uni tartibga çaqirişga va töxtatişga harakat qilgan. Lekin haydovçi töxtaş örniga maşinasini inspektorning ustiga haydab, YPX inspektorini turtib yuborgan. 

Körilgan çora tadbirlar natijasida “Matiz” haydovçisi töxtatildi. YPX inspektoriga heç qanday şikast yetmadi. 

Haydovçiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasiga binoan tegişli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomaşina vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirildi.
                
“Hurmatli harakat iştirokçilari!  Ötkazilayotgan bu tadbirlar vaqtinçalik ekanligini, u kasallikka qarşi kuraş doirasida amalga oşirilayotganligini unutmang. YPX xodimi sizga töxtaş haqida işora berdimi, uni sözsiz bajaring. Çunki, maskanlar öz özidan taşkil etilgani yöq. U köpçilik manfaatini közlab, siz-u bizning xavfsizligimiz uçun taşkil etilgan. Bu köpga kelgan sinov. Sinovdan qanday ötiş esa har birimizga, bizning odobimizga, madaniyatimizga va xatti-harakatimizga boğliq”, - deyiladi ma'lumotda.