“Davlat soliq qömitasi rahbariyati, DSB hamda DSI boşliqlari boşçiligidagi işçi guruhlar tomonidan dehqon bozorlari, supermarketlar va savdo tarmoqlari va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazuvçi sub'yektlarda hamda dorixonalarda bevosita monitoring ötkazilmoqda.

Sub'yektlar röyxati şakllantirilib, har biriga ştabning davlat soliq xizmati organlari xodimlari biriktirilib, ular tomonidan narxlarni sun'iy oşirilişi holatlari aniqlangan taqdirda tegişli çoralar körib borilmoqda.

Karantin davrida murojaatlar asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan bugungi kunga qadar 10 398 ta sun'iy narxlarni oşiriş holat joyida aniqlangan bölib, 90 foiziga yaqini ijobiy hal etildi, qolgan 10 foizi böyiça hozirda profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda. 581 ta sub'yektdan 1 mlrd 688 mln sömlik mahsulotlar olib qöyildi va mas'ullariga nisbatan tegişli çoralar körildi”, - dedi Umarov.

Şuningdek, rais örinbosari barça soliq turlari va xizmatlari onlayn tarzda amalga oşirilişini ma'lum qildi.

“Davlat soliq xizmati organlarida soliq tölovçilarga masofadan turib xizmat körsatiş 2008 yildan boşlangan bölib, 2014 yildan boşlab tadbirkorlik sub'yektlarining soliq hisobotlarini 100 foiz masofadan turib elektron qabul qiliş tizimiga ötilgan. Ötgan davr mobaynida mavjud axborot tizimlari barça soliq tölovçilar uçun (yuridik va jismoniy şaxslar, YaTTlar) muntazam takomillaştirilmoqda. Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan masofadan turib körsatilayotgan elektron xizmatlarning soni 46 taga yetdi (20 tasi interaktiv va 26 axborot xizmatlari).

Davlat soliq qömitasi tomonidan soliq tölovçilar uçun qöşimça “SOLIQ” mobil ilovasi işga tuşirildi. 

Uşbu ilova 15 turdagi elektron xizmatlardan tarkib topgan.

Mobil ilova orqali:

STIRni aniqlaş;
QQS tölovçilari haqida ma'lumot oliş;
şaxsiy hisobvaraq ma'lumotlari bilan tanişiş;
soliqlarni hisoblaş va tölaş;
soliq imtiyozlari;
topşirilgan hisobotlar holatini tekşiriş;
aniqlangan huquqbuzarliklar haqida xabar beriş imkoniyatlardan foydalaniş mumkin.

Bu tizimlar orqali 25 mart kuni yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 70,5 mlrd.söm hamda jismoniy şaxslar tomonidan 4,7 mlrd.söm miqdoridagi soliqlar elektron tarzda tölandi,” – deya axborot berdi Umarov.