Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Içki işlar vazirligi hamda boşqa hamkor vazirlik va taşkilotlar poytaxtda dezinfeksiya işlarini amalga oşirişga kirişdi.
Milliy gvardiya xabariga köra, bu bugun, 28 mart kunidan e'tiboran koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida qilinmoqda.

Dezinfeksiya işlariga Milliy gvardiya bölinmalari maxsus texnikalari jalb qilingan bölib, işlar Toşkent şahri böylab – köçalar, odamlar gavjum böladigan jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va taşkilotlari atrofi hamda poytaxtga kiriş va çiqiş postlarida amalga oşirilyapti.














