“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yangi qurilayotgan bino-inşootlar va turar-joy majmualarida veloturargohlar barpo etişni majburiy etib belgilaş haqida petitsiya joylaştirildi.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda avtomobil yöllarida harakat köpayişi oqibatida şaxsiy transport vositasida qisqa masofaga borib keliş özini oqlamaydi, bu yanada tirbandliklarga sabab bölmoqda. Uşbu holat boşqa arzonroq va kamçiqim transport vositalariga (ya'ni velosiped, samokat va h.k) ehtiyojni tobora oşirmoqda.
“Ammo, köp qavatli uy-joylarda bugun velosipedni saqlaşning imkoni yöq. Taklifim şuki, eski va yangi qurilayotgan barça köp qavatli uylarda yopiq (tom va panjara) veloturargohlar qurişni majburiy qiliş kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilişiça, veloturargohlar avtoturargohlar kabi köp joy va quriliş materiallarini talab etmaydi. Ularning usti profnastil va atrofi panjara bilan öralib, şahar böylab taşkil etilayotgan videokuzatuv tarmoğiga ulaş kifoya etadi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yangi qurilayotgan bino-inşootlar va turar-joy majmualarida veloturargohlar qurişni majburiy etib belgilaşni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.












