Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin davrida notarius va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etiş davlat xizmatlariga zarurat bölmasa, murojaat etmaslik tavsiya qilinmoqda.

Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Örinboyeva karantin davrida vasiyatnomani rasmiylaştiriş notarial xizmatidan taşqari, boşqa notarial va FXDYo davlat xizmatlariga zaruratsiz murojaat etmaslikni tavsiya etdi. Bu haqda u Kun.uz muxbiriga ma'lumot bergan.

«25 martdan boşlab, nafaqat Adliya vazirligi, balki uning tizimidagi idoralar ham mamlakatimizda kuzatilayotgan karantin tartibi tufayli boşqaça işlaşga ötgan. Bunda fuqarolardan uyda bölişi va karantin holati bilan boğliq tartiblarga rioya qilişini söragan holda, FXDYo, notarius va davlat xizmatlari markazlariga onlayn murojaat etişi körsatildi. Keçiktirib bölmaydigan holatlar yuzaga kelganda, avvaldan avtomatlaştirilgan e-notarius.uz saytida röyxatdan ötib, hujjatlarning elektron nusxasini yuborişi kerak», - deydi u.

Ta'kidlanişiça, fuqarolar keçiktirib bölmaydigan holat sifatida vasiyatnomaga boğliq masalalar böyiça notariusga murojaat qiliş mumkin. Boşqa xizmatlar böyiça zarurat sezilmasa, notariusdan telefon orqali ma'lumot oliş imkoniyati mavjud.