Koronavirus pandemiyasining aholi va tadbirkorlik sub'yektlarida kreditlarni qaytariş bilan boğliq salbiy oqibatlarini yumşatiş maqsadida ularning kredit tölovlari muddatlarini uzaytiriş yuzasidan murojaatlarini körib çiqişning soddalaştirilgan tartibini joriy etiş böyiça kredit taşkilotlariga körsatmalar berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, kredit taşkilotlariga aholi va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kredit tölovlari muddatlarini uzaytirişda faqat murojaatnomani taqdim etiş bilan çeklanib, murojaatnomada:
- kredit tölovlarini uzaytiriş yuzasidan asoslantirilgan izoh;
- karantin davri yakunlangandan söng kredit taşkiloti tomonidan belgilangan muddat içida kredit şartnomasiga kiritiladigan özgartirişlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylaştiriş yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilişi lozim.
«Öz navbatida, karantin davri tugagandan söng belgilangan muddat içida qöşimça hujjatlarni qonunçilikka muvofiq rasmiylaştirilmagan taqdirda kredit şartnomasiga kiritilgan özgarişlar kredit taşkiloti tomonidan bekor qilinişi va dastlabki şartnoma şartlari kuçga kiradi», deyiladi axborotda.
Ta'kidlanişiça, tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qiliş tizimlari yaratilmoqda. Uşbu masofaviy xizmatlar töğrisida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qöşimça ma'lum qilinadi.













