«Ayni vaqtgaça Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oşib, 144 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.

Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. Sönggi kunlarda virus bemorlari nisbatan tez köpaya boşladi, 28 mart kuni 16 bemor qayd etildi, 29 mart kuni bemorlar soni 40 nafarga köpaydi. Hozirgaça virus yuqtirganlarning 7 nafari soğayib ketgan, 2 kişi vafot etgan.

  • Ayni vaqtga kelib butun dunyoda virusdan zararlaniş holatlari soni 685 mingdan oşgan, şundan 146 mingdan ortiq kişi soğaygan va 32 mingdan ortiq kişi vafot etgan.