Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning Kun.uzʼga ma'lum qilişiça, avtomobil harakati çeklovi yuzasidan hukumat maxsus komissiyasi qarori mavjud. Agar örnatilgan tartibga rioya qilmagan huquqbuzar aniqlansa, javobgarlikka tortiladi.

«Öta zarur hollarda, masalan, şifoxonaga boriş va kelişda yöl patrul xodimlariga bosiqlik bilan vaziyatni tuşuntiriş lozim. Ammo istisno hollarini suiiste'mol qilişga yöl qöyilmaydi», - deydi Ğiyosov.

Kun.uzʼga ma'lum bölişiça, viloyat markazlaridan taşqari, boşqa tumanlarda uşbu çeklov amal qilmaydi. Ammo avtomobillar bemaqsad jamoat joyida harakatlanişi, qolaversa, yölovçi taşiga holatlari aniqlansa, jarimaga tortiladi.