Folha de Sao Paulo naşrining yozişiça, Bolsonaru 29 mart kuni Twitter’da koronavirus pandemiyasi ortida joriy qilingan karantin vaqtida boşqa odamlar bilan masofani saqlaş qoidalarini buzayotgani aks etgan bir neçta videoni e'lon qilgan. Bu videolarda prezident poytaxt Brazilia köçalarida öz tarafdorlari bilan yaqin turib muloqot qilayotgani va ularni iqtisodiy inqirozga yöl qöymaslik uçun uarantinga ketmaslikka çaqirayotgani aks etgan. Keyinroq bu roliklar ijtimoiy tarmoqdan öçirib taşlangan.
Şuningdek, Bolsonaru iştirokidagi roliklar Facebook va Instagram’dan ham öçirilgan. Facebook matbuot xizmati uşbu videolarni “ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzuvçi” deb atab, ijtimoiy tarmoqlar qoidalari zararli axborot e'lon qilişga yöl qöymasligini ta'kidlab ötgan.
“Biz Facebook va Instagram’dan hamjamiyatimizning odamlarga zarar keltirişi mumkin bölgan xabarlarga yöl qöymaydigan me'yorlarini buzuvçi kontentni öçirib taşladik”, deyilgan kompaniya bayonotida.
Bolsonaru koronavirus pandemiyasi sababli qat'iy karantin kiritilişiga qarşi çiqib keladi. Uning fikriça, bu iqtisodiyotga jiddiy xavf hisoblanadi. Uning pozitsiyasi öz hududlarida virus tarqalişi oldini oliş uçun çeklovçi çoralar qabul qilayotgan ba'zi ştatlar gubernatorlari pozitsiyasiga zid kelmoqda. Braziliya muxolifati prezident koronavirus bilan boğliq vaziyatning jiddiyligini tan olişni istamayotgani sababli uning iste'fosini talab qilmoqda.













