IIV öz xavfsizligi boşqarmasi Andijon viloyati böyiça bölimiga kelib tuşgan ma'lumotga asosan, muqaddam soxta hujjatlarni tayyorlaganligi uçun sudlangan fuqaro A.Ş. ruxsatnomalarni qalbakilaştiriş bilan şuğullanayotganligi yuzasidan Oltinköl tumani IIB va viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi. 

Ma'lum qilinişiça, tezkor tadbir davomida, A.Ş. yaqin qarindoşi A.Z. bilan bir guruh bölib, Andijon şahri, Çinobod köçasida joylaşgan yaşaş xonadonida «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasini rangli printer yordamida tayyorlab, 100.000 söm evaziga tanişi A.U. ga berganligi va A.U. tomonidan uşbu hujjatdan foydalangan holda öziga tegişli «Damas» rusumli avtomaşinasida şahar hududida harakatlanib yurganligi aniqlandi.

Şuningdek, tezkor tadbir davomida A.Ş.ning uyidan soxta 7 dona «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasi, eski turdagi haydovçilik guvohnomalari va talonlari, notarius tomonidan berilgan işonçnomalar tayyorlaganligi ma'lum bölgan va bayonnoma orqali aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinköl tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan A.Ş va A.Z.larga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismining «b» bandi, 228-moddasi 2-qismining «b» bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, JPKning 221-moddasi tartibida vaqtinça uşlandi va «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanişi böyiça çora tadbirlar belgilandi. Hozirda uşbu holat böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.