Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviyadan qaytgan 175 nafar özbekistonlik Töraqörğon tumanidagi yuqumli kasalliklar şifoxonasi hamda «Kosonsoy» sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edi.

Bugun, 31 mart kuni ular karantin muddatini tamomlab, öz yaşaş viloyatlariga jönab ketdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

«Janubiy Koreyadan Özbekistonga olib kelinganlar xuddi şu tartibda Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi «Çotqol» sihatgohida karantinda bölişdi. Ular orasida 29 nafar viloyatimiz vakillari ham bor edi. Bugun ular ham Namanganga qaytib kelişdi. Endi hamyurtlarimiz uy karantini şaroitida şifokorlar kuzatuvida bölişadi», – deyiladi xabarda.