2020 yil 30 martidan e'tiboran, Qoraqalpoğiston respublikasi hamda Özbekistonning barça şaharlari, jumladan Toşkent şahrida maxsus ruxsatnomalarsiz avtomobillar harakati taqiqlandi. Koronavirus tarqalişiga qarşi taşkil etilgan Respublika maxsus komissiyasiga köra, bundan közlangan maqsad aholi va avtomobillar harakatini keskin çeklaşdir. Mazkur çeklovlar, 20 aprelgaça amal qilişi belgilandi.


Şu bilan birga, Davlat xizmatlari agentligi hamda my.gov.uz portali orqali kurerlik xizmatlari uçun maxsus ruxsatnomalar beriş yölga qöyildi. Bundan taşqari, yönalişsiz taksilarga ham fuqarolarga xizmat körsatiş taqiqlandi
Biroq...keskin çoralar belgilanganiga qaramay, şaharlar, xususan, Toşkentda avtomobillar qatnovi kamaymayapti. Şu munosabat bilan, 31 martdan boşlab, Toşkent ŞIIBB YHXB, Milliy gvardiya va SEN xodimlarining birgalikda reydi boşlandi. Ular stikersiz yurgan yoki maxsus ruxsatnomalarni qalbakilaştirgan haydovçilarni aniqlaydi.


Maxsus ruxsatnomasisiz harakatlanayotgan avtomobillar jarima maydonçasiga qöyiladi, avtomobil egalariga ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştiriladi. Bundan taşqari, qalbaki ruxsatnomalar egalariga jinoiy iş qözğatiş çoralari köriladi.
Toşkentda reyd: maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boşqarayotganlarga jarima soliş boşlandi 30 martdan şaharlarda maxsus ruxsatnomalarsiz avtomobillar harakati taqiqlandi. Maqsad avtomobillar va fuqarolarning harakatini çeklaşdir. Biroq... Şaharlar, xususan, Toşkentda avtomobillar qatnovi kamaymayapti Şu munosabat bilan Toşkent ŞIIBB, Milliy gvardiya va SENning qöşma reydi boşlandi.
Posted by
on Tuesday, March 31, 2020













