Avvalgi maqolamizda Andijonda Damas avtomaşinasining ağdarilib ketişi hodisasida YPX xodimi ham qonun talabini buzganligi haqida söz yuritilgan edi. «Içki işlar organlari töğrisida»gi qonunga köra bunday xulosa qiliş uçun asoslar yetarli emasligi ma'lum böldi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi «Qonun hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini töxtaş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida» 149-sonli qaroriga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli davlat organlari (şu jumladan YPX inspektori – muallif) tomonidan uşlangan transport vositalarini saqlaş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.
Uşlangan transport vositalarini saqlaş böyiça xizmatlar körsatiş uçun tanlab olingan yuridik şaxslar vakolatli davlat organining xabari (murojaati) asosida qonun hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini saqlaş joyiga olib kelişni (taşişni) ta'minlaydilar.
Mazkur qarorda ham, uşbu qaror bilan tasdiqlangan «Qonun hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini töxtaş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlaş tartibi töğrisida»gi nizomda ham xodimga transport vositasini jarima maydoniga özi boşqarib keliş huquqi (vakolati) berilmaganini ta'kidlagan edik.
Şuningdek, Nizomning 6-banida uşlaş joyiga kelgan transport vositalarini olib keliş va saqlaş böyiça xizmatlar körsatuvçi yuridik şaxsning vakili transport vositasini töxtaş joyiga olib keliş (taşiş) va unga joylaştiriş çoralarini körişi aytilgan edi.
Biroq, qonun hujjatlarining çuqur tahlili şuni körsatdiki, Vazirlar Mahkamasining uşbu qaroriga asosan YPX xodimini töla aybdor qilib körsatiş mutlaq töğri fikr emas.
Çunki «Içki işlar organlari töğrisida»gi Qonunning 17-moddasida içki işlar organi xodimi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va şaxslarni uşlaşni, körikdan ötkazişni amalga oşiriş, şaxslarni transport vositasini boşqarişdan çetlaştiriş, transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlarni olib qöyiş, şuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qöyiş uçun olib boriş huquqiga egaligi belgilangan.
Lekin, aynan uşbu qoida ham YPX xodimini özganing transport vositasini boşqariş huquqini bermasligi mumkin.
Çunki, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-1-moddasiga köra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polislarida nazarda tutilmagan foydalaniş davrida transport vositalarini boşqariş, xuddi şuningdek faqat mazkur suğurta polislarida körsatilgan haydovçilar ayni şu transport vositalarini boşqarişi töğrisida mazkur suğurta polislarida nazarda tutilgan şartlarni buzgan holda transport vositalarini boşqariş huquqbuzarlikni keltirib çiqarişi qayd etilgan.
Demak, bundan kelib çiqadiki, YPX xodimi tegişli suğurta polisiga ega bölmay turib, transport vositasini boşqariş huquqiga ega bölmasligi mumkin.
Şunga köra, bu kabi holatlarda YPX xodimlari qanday yöl tutişlari lozimligi haqida IIV YHXBBdan munosabat kutib qolamiz.
Dilşod Abduqodirov
huquqşunos












