Bu haqda BMT saytida ma'lum qilindi. Xalqaro taşkilotning baholaşiça, yetarli miqdorda ovqatlanmaydiganlar 2 mln kişiga köpayişi mumkin.

“Bu inqiroz oqibatlari zaif qatlamlar uçun ayniqsa jiddiy böladi”, deb aytgan BMTning Ğarbiy Osiyo uçun Iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi ijroçi kotibi Rola Daşti. Uning ta'kidlaşiça, xavf guruhiga ayollar va yoşlar hamda ijtimoiy muhofaza va işsizlikdan suğurtaga ega bölmaganlar kiradi.

BMT ma'lumotlariga köra, hozirda arab davlatlarida 101,4 mln kişi noçorlikda yaşaydi, yana 52 mln kişi yetarli miqdorda ovqatlanmaydi. Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda bu davlatlarda yana 8,3 mln kişi noçorlaşişi, yetarli ovqat yemaydiganlar esa 2 mln kişiga köpayişi mumkin.

BMTda koronavirusdan jabr köradigan arab davlatlari aytilmagan. Arab dunyosiga Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika davlatlari, Falastin, Şimoliy Afrikadagi 3 ta davlat (Komor orollari, Somali va Jibuti) kiradi.