Muzokaralar çoğida AQŞ davlat departamentining Covid-19 tahdidini bartaraf qiliş böyiça moliyalaştiriş dasturiga Özbekiston ham qöşilgani hamda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligiga virus tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun individual himoya vositalari töplami topşirilgani uçun Amerika tomoniga minnatdorlik bildirildi.

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Covid-19 pandemiyasiga qarşi kuraşişda tahdid ostida qolgan 64 davlatga favqulodda tibbiy va insonparvarlik yordami körsatiş uçun AQŞ hukumati tomonidan 274 million dollar ajratilgani haqida e'lon qilgan edi. 

Amerika tomoni respublikamizda amalga oşirilayotgan karantin çoralari, koronavirus yuqtirganlarni axtarib topiş, profilaktika qiliş va tarqalişining oldini oliş böyiça oşirilayotgan sa'y-harakatlar bilan taniştirildi. Qayd etilişiça, AQŞdagi xususiy tibbiy korporatsiyalar, donorlar hamjamiyati va xayriya taşkilotlari bilan Özbekistonda koronavirusga qarşi qarşi kuraşişda ularning texnik kömagi va insonparvarlik yordamini jalb qiliş maqsadida hamkorlik olib borilmoqda.

«Davlat departamenti vakillarining ma'lumotiga köra, Amerika tomonidan Özbekistonning körsatib ötilgan ehtiyojlarini qondiriş uçun 848 ming dollar ajratilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu mablağlar AQŞning xalqaro rivojlaniş agentligi (USAID) dasturi asosidagi navbatdagi tranş bölib, Qizil xoç va Qizil yarimoy jamiyatilari xalqaro federatsiyasiga va Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga Covid-19’ga qarşi kuraşişni qöllab-quvvatlaş uçun berladi», — deyiladi Özbekiston TIV xabarida.

Moliyalaştiriş keng miqyosli testdan ötkaziş uçun laboratoriyalarni jihozlaş, Covid-19 ustidan epidemologik nazoratni yaxşilaş, infeksiyani proflaktika qiliş va tarqalişini nazorat qilişni ta'minlaşda tibbiyot muassasalarining salohiyatini oşiriş, tezkor yordam körsatiş tizimi, zararlangan holatlarni aniqlaş va davolaş, şuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyaga qarşi turişga yönaltiriladi.

Umuman olganda, Amerika tomoni bergan ma'lumotga köra, AQŞ kongressiga 2020 yil uçun kiritilgan budjetda Özbekiston uçun ajratilişi közda tutilgan moliyalaştiriş summasi 2019 yilda ajratilgan kömak hajmidan sezilarli ravişda köproq.