Bugun, 3 aprel kuni ötkazilgan brifingda Nurmat Otabekovga Kubada tayyorlangan «Interferon alfa-2b» preparati virusli kasalliklarda foydali ekanligi va nega koronavirusga qarşi undan foydalanilmayotgani borasida savol berildi.

Boş sanitariya inspektorining sözlariga köra, uşbu preparatning koronavirusga qarşi samara berişi isbotlanmagan va buni dunyoning köpgina mutaxassislari ham tasdiqlaşgan.

«Özbekistonda xloraxin preparati katta samara bilan işlatilyapti. Bu preparat virusli kasalliklarni davolaşda qöllanadi. Şu nuqtayi nazardan, meni nazarimda hozir Özbekiston tibbiyoti erişayotgan yutuqlar va qolaversa, 25 nafar bemorning tuzalayotgani foydalanayotgan preparatimiz samarali ekanini körsatadi», – dedi Nurmat Otabekov.

Ma'lumot uçun, «Interferon alfa-2b» antineoplastik preparat hisoblanadi. Uşbu preparatning butun dunyoda surunkali gepatit S, surunkali gepatit B, hujayrali leykemiya, Behçet kasalligi, surunkali miyelogen leykemiya, köp miyeloma, follikulyar limfoma, karsinoid ösimta, mastotsitoz va malign melanoma kasalliklarini davolaşda samarasi tasdiqlangan.

Ammo uning koronavirus infeksiyasini davolaşdagi samarasi aniqlanmagan.