Bu haqda Kun.uz’ga Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma'lum qildi.
«Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq saxovatpeşa taşkilotlar, jumladan, «Murad buildings» kompaniyasi tomonidan 550 ta 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanma, «Paxta neft bazasi» MÇJ tomonidan 9 996 litr va «KUKMARA» MÇJ tomonidan 504 litr yoğ, «GLOBO EXPORT COMPONE» MÇJ tomonidan 210 kg loviya, «Tadbirkor» xususiy korxonasi tomonidan 2 tonna un va 3 tonna sabzi, «XADRA MARKET» MÇJ tomonidan 7 200 dona tuxum, Sergeli tuman Majburiy ijro byurosi tomonidan 1 200 ta tuxum, 80 kg makaron, 80 kg guruç, 80 kg şakar, 40 kg nöxat, 40 litr yoğ mahsuloti va 40 ta tovuq, «Çortoq» MÇJ tomonidan 26 520 dona va «SHAFFOF» xususiy korxonasi tomonidan 1 000 dona içimlik suvi va «BEST AŞANS DVP» tomonidan 888 dona turli nomdagi salqin içimliklar yetkazib berildi.
Şuningdek, «MEBEL HOUSE» MÇJ tomonidan 480 ta bolalar ozuqasi, 400 ta bolalar tagligi, «Keles farovon» MÇJ tomonidan 1 500 ta kosa, likopça va piyola, 100 ta çoynak taqdim etildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamini dori-darmon va gigiyena vositalari bilan ta'minlaş maqsadida turli homiy taşkilotlar tomonidan 32 turdagi, jumladan, «Soğlom avlod» jamğarmasi tomonidan 5 turdagi jami 18 000 ta dori vositalari, «HAVOQAND PEOPLE» MÇJ tomonidan 10 000 ta va Uçtepa tuman hokimiyati tomonidan 5 000 ta tibbiyot niqobi, «GREEN CITY va BIZNING UYLAR» kompaniyasi tomonidan 10 000 ta tibbiyot niqobi va 3 950 ta antiseptik vositalari, «AVERC» xususiy korxonasi tomonidan 1 500 ta gigiyena vositalari keltirildi.
Mazkur ijtimoiy yordam mahsulotlari birinçi navbatda kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar va nuroniylar, doimiy iş bilan band bölmagan aholi vakillariga mahalla xodimlari va volontyorlar hamkorligida muntazam yetkazib turilmoqda.
Bugun — 4 aprel kuni Bektemir tumanida 55 ta, Mirobod tumanida 62 ta, Olmazor tumanida 104 ta, Sergeli tumanida 73 ta, Uçtepa tumanida 80 ta, Şayxontohur tumanida 112 ta, Çilonzor tumanida 44 ta, Mirzo Uluğbek tumanida 137 ta, Yunusobod tumanida 180 ta, Yaşnobod tumanida 82 ta, Yakkasaroy tumanida 50 ta, jami 979 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar, nogironlar röyxatlari şakllantirildi va «Özbekiston poçtasi» AJ tomonidan taşkil etilgan avtomaşinalarda mazkur oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Bunda şu kunga qadar qabul qilingan mahsulotlar hisobidan har bir oilaga 2 litr ösimlik yoği, 2 kg guruç, 1 kg şakar, 2 kg un, 1 dona tovuq, 3 kg kartoşka, 2 kg piyoz, 2 kg makaron tarqatildi.
Bugunning özida «Çortoq» MÇJ tomonidan berilgan mineral suvlarning 17 340 donasi karantindagi fuqarolar uçun markazlaşgan holda taşkil etilgan oziq-ovqat omboriga, 4 560 donasi «Böston» sihatgohiga, 4 620 donasi «Botanika» sihatgohiga, «SHAFFOF» xususiy korxonasi tomonidan berilgan 1 000 dona içimlik suvi esa «Örtasaroy» virusologiya markaziga topşirildi.
Markazda iş olib borayotgan Call-centre (1197 qisqa raqami)ga bugun soat 17:00 ga qadar aholi tomonidan 2057 ta (şu kunga qadar 4044 ta) murojaat kelib tuşdi hamda ular tegişli tartibda mutasaddilarga taqdim etib borilmoqda.
Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi tomonidan şu kunga qadar poytaxtimizdagi 3436 ta ana şu toifadagi oilaga zarur mahsulotlar yetkazildi. Jumladan, Bektemir tumanidagi 202 ta, Mirobod tumanidagi 242 ta, Olmazor tumanidagi 341 ta, Sergeli tumanidagi 360 ta, Uçtepa tumanidagi 266 ta, Şayxontohur tumanidagi 317 ta, Çilonzor tumanidagi 279 ta, Mirzo Uluğbek tumanidagi 389 ta, Yunusobod tumanidagi 477 ta, Yaşnobod tumanidagi 229 ta, Yakkasaroy tumanidagi 334 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar mazkur mahsulotlar bilan ta'minlandi.
Quvonarlisi, bu kabi homiylik xayriyalarini körsatiş istagini bildirayotgan vatandoşlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda. Biz xalqimizga yordam qölini uzatayotgan saxovatpeşa taşkilot rahbarlari hamda insonlarga Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi va keng jamoatçiligimiz nomidan çuqur minnatdorlik bildiramiz», — dedi S.Boymirzayeva.
Markaz aholining ehtiyojmand qatlamini yanada qöllab-quvvatlaş va koronavirus epidemiyasi oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida homiylik qiliş istagini bildirgan şaxslarni hamkorlikka çaqirişini bildirdi.











