Uşbu savolga 5 aprel kuni ötkazilgan brifingda Özbekistonning boş sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

«Karantin davrida nogironlik guruhini qayta belgilaş bilan şuğullanuvçi ambulator poliklinika xizmatlari öz faoliyatini davom ettirmoqda. Bemorlar öz hududidagi ambulator poliklinika xizmatiga murojaat qilib, nogironlik guruhini qayta belgilaşi va muddatni uzaytirişi mumkin.

Ammo karantin rejimidagi ba'zi çeklovlar bois buning imkoni bölmasa, karantin tadbirlari tugagunga qadar avval belgilangan nogironlik guruhi saqlab qolinadi. Bu haqida alohida körsatma mavjud», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.