“Xitoyliklar bu borada tadqiqot ötkazişgan va qonxör haşarotlar, ayniqsa paşşalar koronavirusni taşimasligini aniqlaşgan . Bu borada qörqmaslik kerak”, deb hisoblamoqda mutaxassis.
Entomolog Yuliya Lovsovaning ta'kidlaşiça, umuman olganda, çivinga öxşaş haşarotlar infeksiyalar taşuvçisi hisoblanadi, biroq hozirgi kunda ilmiy hamjamiyatda çivinlar koronavirus taşişi mumkinligi haqida ma'lumot yöq.
“Çivinlar bezgak, sariq isitma, Denge bezgagi kabi turli kasalliklarni taşişi mumkin. Biroq ularning koronavirus taşişi haqida ma'lumotlar yöq. Bu paşşalarga ham taalluqli. Nazariy jihatdan kasal odam öz qöliga aksirsa va unga şu zahotiyoq paşşa qönib, keyin boşqa odamga köçib, uni zararlaşi mumkin, deb faraz qiliş mumkin. Biroq buning imkoni juda kiçik”, deb aytgan mutaxassis.
Avvalroq ham mutaxassislar uy hayvonlari va odamlar örtasida koronavirus ötişi haqida ma'lumotlar yöqligini, itlar va muşuklar koronavirusga çalinişi va uning taşuvçisi bölişi mumkinmasligini ta'kidlaşgan. Biroq keyinroq xitoylik olimlar hayvonlar koronavirusga çalinişlari mumkinligini aniqlaşgan. Jumladan, Uxandagi 10 dan köproq daydi muşukda koronavirusga antitanalar aniqlangan.













