Oktabr oyi boşida Islandiyaning Kios şahrida uçta qon söruvçi çivin topildi va bu mamlakatda uşbu haşarotlarning ilk bor aniqlanişi böldi. Bu haqda Islandiya tabiiy tarix instituti entomologi Mattias Alfredsson ma’lum qildi, deb xabar berdi RÚV telekanali.
Bungaça Byorn Xyaltason Facebook’dagi «Islandiya haşarotlari» guruhida uşbu çivinlar haqida gapirib bergan edi. 16 oktabr kuni keçqurun u haşarotlarni jalb qiliş uçun foydalanadigan xörakdagi ğayrioddiy «paşşani» payqab qoldi. Byorn darhol bu çivin ekani haqidagi taxminga bordi va haşarotning jinsini aniqladi - bu urğoçi bölib çiqdi. U yana ikkita individni topdi va ularni Tabiiy tarix institutiga topşirdi, u yerda uning taxminini tasdiqlaşdi.
Mattias Alfredssonning fikriça, haşarot Islandiyada örnaşib qolişi mumkin. Çivin Culiseta Annulata turiga mansub bölib, sovuqqa juda çidamli. U köpinça yertöla va xöjalik binolari kabi yopiq xonalarda qişlaydi.
Garçi bu Islandiya hududida qon söruvçi çivinlar aniqlangan birinçi holat bölsa-da, ilgari ular mamlakatga kelayotgan samolyotlarda topilgan. Olimlar bu turning Islandiyada paydo bölişini başorat qilgan, ayniqsa 2015 yilda bu yerda çiyildoq-çivin (qon bilan oziqlanmaydi) örnaşib olganidan keyin.













