Urğoçi çivinlarga tuxum qöyiş uçun qon zarur. Avvalgi tadqiqotlarning aksariyati haşarotlar odamni hid yoki issiqlik orqali qanday topişiga qaratilgan bölsa, çaqiş jarayonining özi nisbatan kam örganilgan edi.

Olimlar Anopheles coluzzii turiga mansub bezgak çivinlarining sezgi aʼzolariga juda ingiçka elektr simlarini ulagan. Bu usul haşarot xartumi inson terisi ostiga kirgan paytda kuçlanişdagi eng kiçik özgarişlarni ham real vaqtda qayd etiş imkonini bergan. Elektr signallari yuqori tezlikda olingan videotasvirlar bilan taqqoslangan.

Natijada tadqiqotçilar çaqişning beş bosqiçini ajratgan: terini teşiş, qon tomirini izlaş, qonni söriş, xartumni çiqariş va çaqişni töliq yakunlaş.

Kuzatuvlarga köra, çivin terini teşayotganda oyoqlari va oğiz atrofidagi sezgir aʼzolarini ham işga soladi. Qon söriş boşlanganida esa haşarot butunlay qimirlamay qoladi. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida eʼlon qilingan.

Olimlar bezgak çivinining xatti-harakatini denge bezgagini tarqatuvçi Aedes aegypti turi bilan ham soliştirgan. Bezgak çivini teri ostidagi qon tomirini örtaça 17 soniya tezroq topişi aniqlangan.

Şunga qaramay, har ikki turda çaqişning umumiy davomiyligi deyarli bir xil - taxminan ikki yarim daqiqa bölgan. Ularning evolyutsion yöllari qariyb 150 million yil avval ajralganini hisobga olib, tadqiqotçilar bu turlar samarali oziqlaniş usuliga bir-biridan mustaqil ravişda kelgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.

Alohida tajribalarda çivinlarning hid seziş bilan boğliq IR76b geni faoliyati öçirilgan. Şundan söng haşarotlar qon tomirini maqsadli izlaş qobiliyatini deyarli yöqotgan va muvaffaqiyatli qon söriş ehtimoli keskin pasaygan.

Mualliflarning fikriça, çivinning teri ostida qanday harakatlanişi va sezgi aʼzolaridan qay tarzda foydalanişini tuşuniş kelajakda u tarqatadigan infeksiyalardan himoyalanişning samaraliroq vositalarini yaratişga yordam berişi mumkin.